Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozoriga tayyorlash masalalari muhokama qilindi
1 daqiqa o'qish 30 ko'rish
Kasbiy ta’lim agentligi direktori hamda “Getwork” xususiy bandlik agentligi vakillari o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida yoshlarni zamonaviy mehnat bozori talablariga mos ravishda tayyorlash va ularning bandligini ta’minlash borasidagi istiqbolli rejalar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida quyidagi asosiy masalalar atroflicha muhokama qilindi:
- Texnikum bitiruvchilarining bandligini ta’minlash va ularni doimiy ish o‘rinlari bilan qamrab olish;
- Bitiruvchilarni ichki va tashqi mehnat bozori ehtiyojlariga mos keladigan xaridorgir kasblarga tayyorlash;
- Zamonaviy mehnat bozori talablaridan kelib chiqqan holda, yoshlarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish;
- Kasbiy tayyorgarlik va xorijiy tillarni o‘rgatish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish.
Ushbu hamkorlik bitiruvchilarning nafaqat mamlakatimizda, balki xalqaro mehnat bozorida ham munosib o‘rin topishlariga xizmat qiladi.
Izohlar (0)
Tavsiya etiladigan maqolalar
Bolgariyaning nufuzli kurortlarida mavsumiy ish: "Getwork" bilan Yevropaga yo'l oling!
12:25, 12-okt, 2026 146
Endi navbat Farg‘onaga: Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork" filialida nomzodlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qildi!
05:21, 10-okt, 2026 18
Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork"ning Namangan filialida suhbat o‘tkazdi
10:12, 8-okt, 2026 24