← Blog

Toshkentda Estoniya ish beruvchilari ishtirokida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi

1 daqiqa o'qish 2 ko'rish
Toshkentda Estoniya ish beruvchilari ishtirokida ochiq suhbat bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 26-avgust kuni Toshkent shahrida "Getwork" xususiy bandlik agentligi tashabbusi bilan Estoniyalik ish beruvchilar ishtirokida to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbat va tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Estoniya ish beruvchilari bevosita ishtirok etib, nomzodlar bilan yuzma-yuz muloqot qilishdi. O‘tkazilgan tanlovda oldindan ro‘yxatdan o‘tgan 30 dan ortiq malakali nomzodlar qatnashib, o‘z mutaxassisliklari hamda amaliy tajribalarini namoyish etishdi.

Suhbat davomida barcha ishtirokchilar Yevropada qonuniy ishlash, yaratilgan sharoitlar va yuqori daromadli ish o‘rinlariga katta qiziqish bildirishdi. Ushbu uchrashuv ko‘plab hamyurtlarimiz uchun Estoniyaga rasmiy ishga ketish yo‘lidagi muhim va muvaffaqiyatli qadam bo‘ldi.

"Getwork" xususiy bandlik agentligi fuqarolarimizni xalqaro mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlashda davom etadi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar