← Blog

Getwork — mamlakatning kuchli uchlik reytingida

1 daqiqa o'qish 144 ko'rish
Getwork — mamlakatning kuchli uchlik reytingida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi respublikada faoliyat yuritayotgan 47 ta xususiy bandlik agentligining 2026-yil III chorak yakunlari bo‘yicha reyting natijalarini tasdiqladi. Quvonchli xabar: Getwork XBA 74 ball to'plab, mamlakatning eng kuchli va ishonchli 3 ta agentligi qatoridan mustahkam o‘rin oldi.

Reyting natijalari qanday yakunlandi?

Bu chorakda baholash mezonlari o'ta qat'iy bo'lganligi sababli, 47 ta agentlikdan birortasi ham "Namunali" (90–100 ball) toifasiga kira olmadi. O'z faoliyatini to'g'ri tashkil etganlar ro'yxati quyidagicha shakllandi:

  • «Yaxshi» (70–89 ball): Bor-yo'g'i 3 ta agentlik. Getwork aynan ushbu yetakchilar qatorida e'tirof etildi.
  • «Qoniqarli» (50–69 ball): 4 ta agentlik.
  • «Qoniqarsiz» (49 va undan past): Qolgan 40 ta agentlik ushbu toifaga tushib qoldi.

Getwork nima uchun yetakchilar safida?

Reyting sohada ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash maqsadida 11 ta qat'iy indikator asosida shakllantirildi. Getwork yuqori natijani qayd etish uchun quyidagi mezonlarni muvaffaqiyatli bajardi:

  • Fuqarolarni xorijga qonuniy ishga joylashtirish va barcha shartnomalarni "Xorijda ish" elektron tizimida shaffof ro‘yxatdan o‘tkazish.
  • Fuqarolarni xorijga ketishidan oldin boriladigan davlat qonunchiligi va madaniyatiga to'liq tayyorlash.
  • Mijozlar tomonidan norozilik murojaatlarining yo'qligi va qonun talablariga qat'iy rioya etish.

Bozordagi aksariyat tashkilotlar belgilangan talablarga to'liq javob bera olmayotgan bir paytda, Getwork xavfsiz va sifatli xizmat ko'rsatishda davom etmoqda. 

Xorijda xavfsiz va qonuniy ishlashni maqsad qilgan bo'lsangiz, davlat tomonidan tasdiqlangan kuchli uchlikdagi ishonchli hamkoringizni tanlang. O'zingizga mos xalqaro vakansiyalarni topish uchun bugunoq Getwork mutaxassislari bilan bog'laning!

Getwork — mamlakatning kuchli uchlik reytingida

Izohlar (2)

  • Siroj22-okt, 2026, 05:59

    tabriklaymiz omad

  • Maruf22-okt, 2026, 07:32

    tabkriklaymis

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar