Xorazmlik payvandchilar Estoniya imtihonidan o'tdi
1 daqiqa o'qish 33 ko'rish
10-iyul kuni Urganch shahridagi qurilish kollejida “Getwork” XBAning Xorazm viloyati filiali ko‘magida tayyorlangan payvandchilar uchun mas’uliyatli imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tdi.
Estoniyadan tashrif buyurgan xorijiy ish beruvchilar va mutaxassislar ishtirokida o‘tkazilgan ushbu amaliy sinovlarda xorijda ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolarimiz o‘z kasbiy mahoratlarini namoyish etishdi.
“Getwork” XBA Xorazm viloyati filiali tomonidan 50 nafar fuqaro xalqaro ISO9606 payvandlash standarti bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarida tayyorlangan edi. O‘tkazilgan amaliy imtihon jarayonlari ushbu tayyorgarlik o‘zining yuqori samarasini berayotganini ko‘rsatdi.
Muvaffaqiyatli nomzodlar uchun imkoniyatlar:
- Imtihon xarajatlari qoplanadi: Getwork XBA imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlarning to‘lovlarini to‘liq qoplaydi.
- Estoniyada rasmiy ish o‘rni: Sinovdan o‘tgan payvandchilar Estoniyada rasmiy ish bilan ta’minlanadi.
Izohlar (0)
Tavsiya etiladigan maqolalar
Polshada qonuniy ish: Oyiga 3000 yevrogacha (12 000 PLN) maosh to'lanadigan vakansiyalar
12:19, 19-okt, 2026 278
Soatiga 10 € gacha to'lanadigan Yevropa darajasidagi ish qidiryapsizmi? Estoniya sizni kutmoqda!
10:26, 16-okt, 2026 275
Turkiyada qonuniy ish: Oyiga 1 500 yevro va 42 000 liragacha maosh to'lanadigan vakansiyalar
10:59, 14-okt, 2026 308