Gollandiyada qurilish ustalari uchun oyiga 2500 yevrogacha maosh
Yevropaning iqtisodiyoti eng barqaror va rivojlangan davlatlaridan biri bo'lgan Niderlandiya (Gollandiya) o'z qurilish bozorini kengaytirmoqda va malakali xorijiy kadrlarga katta ehtiyoj sezmoqda. Yevropa mehnat bozori yuksak xavfsizlik, o'z vaqtida to'lanadigan kafolatlangan maosh va ijtimoiy himoyani taklif etadi.
Getwork xususiy bandlik agentligi Gollandiyaning yirik qurilish kompaniyalari bilan tuzilgan rasmiy va uzoq muddatli shartnomalar asosida 120 nafar tajribali mutaxassislarni qonuniy ishga qabul qilishni e'lon qiladi.
Ochiq vakansiyalar va talab etiladigan mutaxassislar
Hozirgi kunda faqat 35 yoshgacha bo'lgan erkak nomzodlar uchun 3 ta asosiy yo'nalish bo'yicha qabul ochiq:
- G'isht teruvchi ustalar (Kamenщik / Bricklayer) – 70 ta o'rin:
- Vazifasi: Devor, fasad va boshqa tosh/g'ishtli konstruksiyalarni qurish, chizmalarni o'qish, g'ishtlarni qirqish va moslashtirish, eski g'ishtlarni ta'mirlash.
- Talab: O'z yo'nalishida kamida 5 yillik amaliy tajriba.
- Vazifasi: Devor, fasad va boshqa tosh/g'ishtli konstruksiyalarni qurish, chizmalarni o'qish, g'ishtlarni qirqish va moslashtirish, eski g'ishtlarni ta'mirlash.
- Qurilish havozalari (Lesa) montajchisi (Scaffolder) – 30 ta o'rin:
- Vazifasi: Qurilish obyektlarida xavfsiz havozalarni (lesa) yig'ish, texnik chizmalar asosida o'rnatish, himoya to'siqlarini qotirish va demontaj qilish.
- Talab: Kamida 1 yillik tajriba hamda BE toifali haydovchilik guvohnomasi bo'lishi shart.
- Vazifasi: Qurilish obyektlarida xavfsiz havozalarni (lesa) yig'ish, texnik chizmalar asosida o'rnatish, himoya to'siqlarini qotirish va demontaj qilish.
- Tosh yo'nuvchi va tozalovchi ishchilar (Stonecutter) – 20 ta o'rin:
- Vazifasi: Restavratsiya va ta'mirlash ishlarida eski, shikastlangan g'ishtlarni hamda sement/qorishmalarni devorga zarar yetkazmagan holda ehtiyotkorlik bilan olib tashlash.
- Talab: Kamida 1 yillik tajriba va B toifali haydovchilik guvohnomasi talab etiladi.
- Vazifasi: Restavratsiya va ta'mirlash ishlarida eski, shikastlangan g'ishtlarni hamda sement/qorishmalarni devorga zarar yetkazmagan holda ehtiyotkorlik bilan olib tashlash.
Yevropacha daromad va maosh
Barcha 3 ta vakansiya uchun oylik ish haqi (Brutto) yevropa qonunchiligiga asosan qat'iy belgilangan va xodimning ish stajiga qarab o'sib boradi:
- Dastlabki 6 oyda: Soatiga 15,98 € (oyiga o'rtacha 2 500 yevrogacha).
- 7-oydan 12-oygacha: Soatiga 16,97 €.
- 1 yildan so'ng: Soatiga 18,95 €.
Izoh: Maosh har oyning 15-sanasida bank kartasiga tushirib beriladi, bo'nak (avans) berilmaydi.
Ish sharoitlari va ijtimoiy kafolatlar
- Yashash joyi va ovqatlanish: Ish beruvchi xodimlarni to'liq yashash joyi (yotoqxona) bilan ta'minlaydi. Oziq-ovqat va ovqatlanish xarajatlari xodimning o'z hisobidan qoplanadi.
- Ish vaqti: Dushanbadan jumagacha haftasiga 5 kun (07:00 dan 15:00 gacha). Barcha qo'shimcha soatlar (overtime) ta'til davrida qoplab beriladi.
- Tayyorgarlik va jihozlar: Ish boshlashdan oldin barcha xodimlar qurilish maydonida 2 haftalik pullik o'quv-treningdan o'tadilar. Maxsus ish kiyimlari (uniforma) bepul taqdim etiladi.
Nomzodlar uchun muhim talablar
Gollandiyaga borib muammosiz ishlash uchun nomzodlar 35 yoshdan oshmagan bo'lishi va o'z ishining ustasi bo'lishi kerak. Yana bir muhim shart — rus tilini muloqot darajasida erkin bilish qat'iy talab qilinadi. Ingliz tilini bilish esa sizga katta ustunlik beradi.
Qurilish sohasida o'z tajribangizga ishonasizmi? Gollandiyada yevropa standartlaridagi maosh va barqaror kelajakni qurmoqchimisiz? Unda joylar tugamasidan, hoziroq Getwork agentligi mutaxassislari bilan bog'laning!