← Blog

Namangan shahar hokimi “Getwork” XBA tinglovchilari bilan uchrashdi

1 daqiqa o'qish 22 ko'rish
Namangan shahar hokimi “Getwork” XBA tinglovchilari bilan uchrashdi

Bugun xorijda qonuniy mehnat qilib, munosib daromad topish istagidagi fuqarolarimiz uchun zamonaviy kasb-hunar egallash eng muhim imkoniyatlardan biriga aylanmoqda. “Getwork” xususiy bandlik agentligi ham ishsiz fuqarolarni xalqaro mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitib, ularni xorijiy davlatlarda qonuniy va xavfsiz ish bilan ta’minlashga ko‘maklashib kelmoqda.

Kuni kecha Namangan shahar hokimi “Getwork” agentligi tinglovchilari bilan bevosita uchrashib, ularning ta’lim jarayonlari, xorijda ishlashga tayyorgarlik holati hamda kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.

300 dan ortiq hamyurtimiz Yevropada faoliyat yuritmoqda Amalga oshirilayotgan tizimli tayyorgarlik va amaliy hamkorlik o‘z samarasini bermoqda: bugungi kunga qadar “Getwork” agentligining 300 nafardan ziyod tinglovchisi Yevropaning qator davlatlarida to‘liq qonuniy asosda, o‘rtacha 1 200 AQSh dollari miqdoridagi maosh bilan mehnat faoliyatini olib bormoqda.

Muloqot chog‘ida yoshlarni kasbga yo‘naltirish, xorijiy mehnat bozori talablariga javob beradigan malakali mutaxassislarni tayyorlash hamda fuqarolarimizning xavfsiz, kafolatlangan va qonuniy bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni yanada kengaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

“Getwork” jamoasi yurtdoshlarimizga xalqaro standartlarga mos kasbiy ko‘nikmalarni berish va ularni xorijda munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash yo‘lida faoliyatini izchil davom ettiradi.

Izohlar (2)

  • Дилфуза15-sen, 2026, 06:13

    Биз хам органмокчимиз

  • Axatxon15-sen, 2026, 06:31

    Ish

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar