← Blog

Xorazmdagi universitetlarda Bolgariyada mavsumiy ishlash bo'yicha taqdimot o'tkazildi

1 daqiqa o'qish 92 ko'rish
Xorazmdagi universitetlarda Bolgariyada mavsumiy ishlash bo'yicha taqdimot o'tkazildi

20-noyabr kuni Xorazm viloyatidagi Ma'mun universitetida, 21-noyabr kuni esa Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Getwork xususiy bandlik agentligi hamda Bolgariyadan tashrif buyurgan bevosita ish beruvchi ishtirokida 2027-yilgi yozgi mavsumiy ishlar bo'yicha taqdimot o'tkazildi.


Uchrashuv davomida talabalar va yoshlarga Bolgariyaning Qora dengiz sohilidagi eng yirik kurorti — "Solnechniy bereg" (Sunny Beach) hududida joylashgan zamonaviy "Maria Palace 4"* mehmonxonasida qonuniy ishlash imkoniyatlari batafsil tanishtirildi. 2021-yilda qurilgan va "All Inclusive" tizimida faoliyat yurituvchi ushbu 4 yulduzli mehmonxona xalqaro oshxona restorani, lobbi-bar va ochiq basseynlarga ega.


Ish mavsumi va shartlari:


  • Ish davri: 2027-yil 1-maydan 30-sentabrgacha.
  • Oylik maosh: 700 yevro (ustuvor mutaxassisliklar uchun maosh tajribaga qarab belgilanadi). Qo'shimcha ish soatlari (sverxurochniy) uchun alohida haq to'lanadi.
  • Ish grafigi: Smenali, kuniga 8 soatlik ish kuni va oyiga 4 kun dam olish.
  • Bepul ta'minot: Aviachipta, ovqatlanish va turar-joy (mehmonxona tomonidan har bir xonada 3 kishidan, alohida sanuzel bilan ta'minlanadi) ish beruvchi hisobidan qoplanadi.

Ochiq vakansiyalar:


  • Ustuvor lavozimlar (kamida 3 yillik tajriba talab etiladi): Novvoy (pekar), sovuq oshxona oshpazi va issiq oshxona oshpazi.
  • Xizmat ko'rsatish va boshqa yo'nalishlar: Resepshn administratori (rus va ingliz tillari), shved stoli ofitsianti (rus va ingliz tillari), kir yuvish xonasi xodimi, xona tozalovchi (gornichnaya), idish yuvuvchi hamda restoran umumiy ishchisi.

Nomzodlarga qo'yiladigan umumiy talablar:


  • Nomzodning yoshi 20 yoshdan yuqori bo'lishi.
  • Rus tilini bilish majburiy (resepshn va ofitsiant lavozimlari uchun qo'shimcha ravishda ingliz tili ham talab qilinadi).

Taqdimotda ishtirok eta olmagan, ammo 2027-yilgi yozgi mavsumda Bolgariyada qonuniy ishlab, xalqaro tajriba orttirishni istagan yoshlar Getwork mutaxassislariga murojaat qilishlari mumkin:


  • Telefon: +998 (78) 555-11-66
  • Telegram: @getwork_admin
  • Veb-sayt: www.getwork.uz

Izohlar (4)

  • Hulkar21-noy, 2026, 11:23

    Assalomu aleykum

  • Ruslan21-noy, 2026, 13:25

    Assalomu Aleykum restoran sohasida ishlaganman 10 yillik tajribam bor oshpazman Rus tili va turk tilini yaxshi bilaman

  • Достон22-noy, 2026, 03:58

    Болгария иш

  • Нуржамал22-noy, 2026, 06:57

    Мехмонхонада ишлаганман. Рус тилини, турк тилини, Азербайджан тилини биламан

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar