← Blog

Qatar mehnat qonunchiligidagi yangi o'zgarishlar o'zbekistonliklar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?

1 daqiqa o'qish 1 ko'rish
Qatar mehnat qonunchiligidagi yangi o'zgarishlar o'zbekistonliklar uchun qanday imkoniyatlar yaratadi?

Qatar Mehnat vazirligi tomonidan 2004-yilgi «Mehnat to'g'risida»gi Qonunga kiritilgan o'zgartish va qo'shimchalar e'lon qilindi. 2026-yilgi 9-sonli Qonun asosida amalga oshirilgan ushbu islohotlar mehnat bozorini zamonaviy talablarga moslashtirish va xodimlar huquqlarini yanada kuchli himoya qilishga qaratilgan.

Islohotlarning asosiy yo'nalishlari va qulayliklari:

  • Rekruting agentliklari nazorati: Agentliklar ustidan nazorat kuchaytirilib, noqonuniy to'lovlar va firibgarlik holatlarining qat'iy oldi olinadi.
  • Moslashuvchan mehnat shakllari: Noto'liq ish vaqti, masofaviy mehnat va o'zini o'zi band qilish huquqiy jihatdan tartibga solindi. Bu, ayniqsa, IT va kreativ sohadagi yoshlar uchun katta imkoniyatlar ochadi.
  • Nizolarni tezkor hal etish: Mehnat nizolarini hal qilish mexanizmi soddalashtirilib, ish haqi va noqonuniy ishdan bo'shatish kabi masalalar qisqa muddatda ko'rib chiqiladi.
  • Raqobat shartlarining soddalashuvi: Raqobat qilmaslik shartlari aniqlashtirilib, xodimlar shartnoma tugagach, yuqoriroq maoshli ishga qonuniy tarzda o'tish imkoniga ega bo'ladi.
  • Qo'shma mehnat qo'mitalari: 100 nafardan ortiq xodim ishlaydigan korxonalarda qo'shma mehnat qo'mitalari tashkil etilib, ular xodimlar manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.
  • Huquqiy kafolatlar: Tibbiy sug'urta, mehnat huquqlari va ish beruvchilarning mas'uliyati yanada mustahkamlandi.
  • Sertifikatsiyalash tizimi: Muhandislik, tibbiyot, IT, servis va texnik sohalarda kasbiy malaka va sertifikatsiyalash talablari kuchaytirilmoqda.

Ushbu o'zgarishlar Qatarda mehnat qilayotgan yoki ushbu mamlakatda ishlashni rejalashtirayotgan O'zbekiston fuqarolari uchun huquqiy himoyani kuchaytirish, munosib mehnat sharoitlarini ta'minlash hamda yangi ish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar