← Blog

Buxorolik talabalar uchun Yevropada yozgi ish: BDTU va BDTI da maxsus uchrashuv o'tkazildi

1 daqiqa o'qish 2 ko'rish
Buxorolik talabalar uchun Yevropada yozgi ish: BDTU va BDTI da maxsus uchrashuv o'tkazildi

 "Getwork" xususiy bandlik agentligi jamoasi Buxoro davlat texnika universiteti (BDTU) hamda Buxoro davlat tibbiyot universiteti (BDTI) talabalari bilan yuzma-yuz uchrashuv o'tkazdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarimizga yozgi ta'tilni Yevropaning nufuzli kurortlarida, xususan, Bolgariyada daromadli va foydali o'tkazish imkoniyatlarini batafsil tushuntirish bo'ldi.


Mavsumiy ish dasturining asosiy afzalliklari:


  • Barqaror daromad: Talabalar oyiga 550 yevrodan 1300 yevrogacha maosh olishadi. 3 oylik yozgi mavsum davomida jami 3000 yevrogacha toza daromad topish imkoniyati mavjud.
  • To'liq bepul ta'minot: Ish beruvchi tomonidan borish-kelish aviachiptalari, qulay turar-joy va kuniga 3 mahal issiq ovqat mutlaqo bepul taqdim etiladi.
  • Ijtimoiy himoya: Barcha talabalar to'liq bepul tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.

Kimlar uchun qanday vakansiyalar mavjud? Dastur doirasida xizmat ko'rsatish sohasida turli bo'sh ish o'rinlari taklif etilmoqda. Xususan, oshpaz, ofitsiant, barmen, administrator, idish yuvuvchi, tozalovchi va umumiy ishchi (raznorabochiy) kabi kasblarda ishlash mumkin. Eng muhimi, ba'zi yo'nalishlar uchun xorijiy tillarni bilish umuman talab qilinmaydi.


Qabul va ro'yxatdan o'tish davom etmoqda Ushbu yozgi mavsumiy ish dasturi uchun jami 2000 ta kvota ajratilgan. Getwork agentligi O‘zbekiston bo‘ylab 11 ta filialga ega bo‘lib, poytaxt hamda viloyatlardagi yoshlarni xalqaro talablarga mos ravishda saralaydi va yo‘naltiradi. Uchrashuvda ishtirok eta olmagan yoki ro'yxatdan o'tishga ulgurmagan Buxorolik yigit-qizlar to'g'ridan-to'g'ri agentlik mutaxassislari bilan bog'lanishlari mumkin.


Batafsil ma'lumot va arizani topshirish uchun:


  • Telefon: +998 (78) 555-11-66
  • Telegram: @getwork_admin

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar