← Blog

Endi navbat Farg‘onaga: Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork" filialida nomzodlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qildi!

1 daqiqa o'qish 7 ko'rish
Endi navbat Farg‘onaga: Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork" filialida nomzodlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishga qabul qildi!

Joriy yilning 9-oktabr kuni "Getwork" xususiy bandlik agentligining Farg‘ona filialida Xorvatiyada ishlash istagidagi fuqarolar uchun ochiq tanlov jarayonlari bo‘lib o‘tdi.

Nomzodlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish va munosiblarini saralash maqsadida Xorvatiya kompaniyasi vakillari Farg‘onaga tashrif buyurishdi. Tadbir doirasida qurilish sohasi mutaxassislari, payvandchilar hamda metall bilan ishlovchi ustalar ishtirokida qizg'in suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tanlov amaliy sinovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri og'zaki suhbat formatida tashkil etildi. Unda mutaxassislarning ish tajribasi, nazariy bilimlari va xorijda ishlash maqsadi atroflicha o‘rganildi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan hamyurtlarimiz to'g'ridan-to'g'ri Xorvatiyada qonuniy va yuqori daromadli ish o‘rinlariga qabul qilinadi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar