← Blog

Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork"ning Namangan filialida suhbat o‘tkazdi

1 daqiqa o'qish 7 ko'rish
Xorvatiya ish beruvchilari "Getwork"ning Namangan filialida suhbat o‘tkazdi

Joriy yilning 7-oktabr kuni "Getwork" xususiy bandlik agentligining Namangan filialida Xorvatiyada ishlash istagida bo'lgan fuqarolar uchun tanlov jarayonlari bo'lib o'tdi.

Nomzodlar bilan yuzma-yuz muloqot qilish va ularni saralash maqsadida Xorvatiyaning kompaniyasi  Namanganga tashrif buyurdi. Tadbir doirasida qurilish sohasi mutaxassislari, payvandchilar hamda metall bilan ishlovchi ustalar bilan yuzma-yuz suhbatlar o‘tkazildi.

Mazkur tanlov amaliy sinovlarsiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri og'zaki suhbat formatida tashkil etilib, unda nomzodlarning sohadagi ish tajribasi, nazariy bilimlari va xorijda ishlash maqsadlari o‘rganildi.

Imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar to'g'ridan-to'g'ri Xorvatiyada qonuniy va yuqori daromadli ish o‘rinlariga qabul qilinadi.

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar