← Blog

Getwork Namangan filiali "Xorijda ish" mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi

1 daqiqa o'qish 26 ko'rish
Getwork Namangan filiali "Xorijda ish" mehnat yarmarkasida faol ishtirok etdi

6-noyabr kuni Namangan shahridagi "3-sonli texnikum" (sobiq "Ishga Marhamat" Monomarkazi) binosida xorijda ishlash niyatida bo‘lgan fuqarolar uchun maxsus "Xorijda ish" mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirda Getwork xususiy bandlik agentligining Namangan filiali o'z mutaxassislari bilan ishtirok etib, yurtdoshlarimizga qonuniy mehnat migratsiyasi imkoniyatlarini taqdim etdi.

Tadbir davomida Getwork jamoasi yarmarkaga tashrif buyurgan yuzlab fuqarolarga mehnat migratsiyasi bo'yicha quyidagi muhim yo'nalishlarda batafsil ma'lumot berdi:

  • Xorijda mavjud rasmiy ish o‘rinlari: Yevropa va boshqa rivojlangan davlatlardagi yuqori maoshli va ishonchli vakansiyalar xronikasi.
  • Mehnat shartnomasi: Getwork orqali amalga oshiriladigan har bir qadam rasmiy shartnoma orqali tasdiqlanishi va uning huquqiy asoslari.
  • Talab etiladigan hujjatlar: Viza olish uchun zarur bo'lgan xalqaro standartlardagi hujjatlar ro'yxati va ularni to'g'ri tayyorlash sirlari.
  • Ishga joylashish tartibi: Nomzodlarni saralashdan tortib, elchixonadagi suhbatlarga tayyorlash va manzilga yetib borguncha bo'lgan to'liq qonuniy jarayon.

Nima uchun fuqarolar Getworkni tanlamoqda?

Getwork agentligi O'zbekiston bo'ylab o'zining hududiy filiallari orqali fuqarolarimizga xalqaro mehnat bozorida munosib ish topishda amaliy yordam ko'rsatib kelmoqda. Yarmarkada ishtirokchilarga Getworkning eng asosiy afzalliklari tushuntirildi:

  • Agentlik orqali Yevropaga ketgan har bir ishchi to'liq qonuniy shartnoma, bepul yashash joyi va eng asosiysi — kafolatlangan tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi.
  • Xorijda to'satdan kasal bo'lib qolgan holatlarda barcha tibbiy xarajatlar davlat tomonidan bepul qoplanadi va ishga chiqa olmagan kunlar uchun qonuniy "bolnichniy" (kasallik varaqasi) pullari to'lab beriladi.
  • Agentlik nomzodlarga faqat ish topishda emas, balki viza olish uchun hujjat topshirish, suhbatlarga tayyorgarlik ko'rish va xorijda ishga joylashgunga qadar bo'lgan barcha bosqichlarda amaliy yordam ko'rsatadi.

Izohlar (2)

  • Юлдашев Абдулхамид9-noy, 2026, 06:59

    Строитель.каменшик,шкатур,бетонщик,армировшик.

  • Рустам9-noy, 2026, 13:07

    Сваршик

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar