← Blog

«Shuni 10 ming qilish uchun nima qilib beray senga?» — Prezident Shavkat Mirziyoyev «Getwork» XBA rahbari Davron Abduqodirovning takliflarini qo‘llab-quvvatladi

4 daqiqa o'qish 9 ko'rish
«Shuni 10 ming qilish uchun nima qilib beray senga?» — Prezident Shavkat Mirziyoyev «Getwork» XBA rahbari Davron Abduqodirovning takliflarini qo‘llab-quvvatladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasida yangi davrni belgilab berdi: Yig‘ilishda «Getwork» XBA rahbari Davron Abduqodirov bayonot bilan chiqdi

O‘zbekistonda tashqi mehnat migratsiyasi sohasida mutlaqo yangi va tarixiy davr boshlanmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda fuqarolarni xorijga uyushgan holda, xavfsiz va yuqori daromadli ishlarga yuborish tizimini tubdan isloh qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, endilikda xorijga ishga yuborish jarayonlari to‘liq o‘zini oqlagan, ishonchli xususiy bandlik agentliklariga o‘tkazilishi belgilandi.

Mazkur nufuzli yig‘ilishda «Getwork» Xususiy Bandlik Agentligi rahbari Davron Abduqodirov ham ishtirok etib, bevosita Davlatimiz rahbari oldida so‘zga chiqdi hamda agentlik faoliyati va istiqboldagi yirik loyihalar yuzasidan bayonot berdi.  

Kompaniya tarixidagi ulkan yutuq va yuksak e'tirof

8 yildan ortiq vaqt mobaynida fuqarolarni Yevropa va xalqaro mehnat bozoriga tayyorlash hamda qonuniy ishga joylashtirish bilan shug‘ullanib kelayotgan, respublika bo‘ylab 11 ta hududiy filialiga ega bo‘lgan «Getwork» Xususiy Bandlik Agentligi uchun ushbu uchrashuv tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi.  

Kompaniya rahbarining shaxsan Prezident Shavkat Mirziyoyev qarshisida hisobot berishi, amaliy takliflarni ilgari surishi va Davlat rahbarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llab-quvvatloviga sazovor bo‘lishi — «Getwork» jamoasi uchun ulkan yutuq hamda ko‘p yillik halol va tizimli mehnatga davlat darajasida bildirilgan eng yuksak ishonch namunasidir.

Bir yilda 1 500 dan ortiq mutaxassis va 3 500 yevrogacha maosh

Uchrashuv avvalida Davron Abduqodirov mamlakatimizda xususiy bandlik agentliklari uchun yaratib berilgan keng shart-sharoit va imkoniyatlar uchun Prezidentga chuqur minnatdorchilik bildirdi.

Taqdimot davomida qayd etilganidek, «Getwork» xususiy bandlik agentligi so‘nggi bir yil mobaynida 1 500 dan ortiq o‘zbekistonlik mutaxassislarni rivojlangan Yevropa mamlakatlariga qonuniy ishga joylashtirdi. Xususan, hamyurtlarimiz Xorvatiya, Slovakiya, Niderlandiya, Estoniya va Latviya kabi davlatlarda oylik maoshi 1 500 yevrodan boshlanib, 3 500 yevrogacha bo‘lgan nufuzli ish o‘rinlarida mehnat qilmoqda.


🎥 Tarixiy uchrashuv va samimiy muloqot lahzalari!

Prezident Shavkat Mirziyoyev va «Getwork» XBA rahbari Davron Abduqodirov o‘rtasida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotning to‘liq videosini YouTube sahifamizda tomosha qiling:

https://youtu.be/FKkMBq81Odk?si=uDSmG-Zu-EM3EyuF

«Davron, shuni 10 ming qilish uchun nima qilib beray senga?» — Yiliga 10 000 nafar xalqaro sertifikatli payvandchi tayyorlash marrasi

Yevropa mehnat bozorida yuqori maoshli o‘rinlarni egallashda xalqaro standartdagi kasbiy sertifikatlar hal qiluvchi o‘rin tutadi. Shu bois, «Getwork» tomonidan hozirgi vaqtda Xorazm va Buxoro viloyatlarida payvandchilarning malakasini tasdiqlovchi eng nufuzli xalqaro standart — ISO 9606 sertifikatini beruvchi maxsus o‘quv kurslari yo‘lga qo‘yilgan. Noyabr oyida esa Buxoro, Namangan, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlaridagi texnikumlarda ham xuddi shunday kurslarni ishga tushirish rejalashtirilgan.  

Davron Abduqodirov bitta kursda 20 nafar (6 ta hududda bir vaqtda 120 nafar) payvandchi o‘qitilishini, barcha 13 ta hududni qamrab olgan holda bir yilda 6 200 nafar ISO sertifikatiga ega payvandchini Yevropadagi hamkor davlatlarga ishga joylashtirish quvvati mavjudligini ma'lum qildi.

Shunda Prezident Shavkat Mirziyoyev masalaga amaliy yondashib, kompaniya rahbariga yuzlandi:

— «Davron, shuni 10 ming qilish uchun nima qilib beray senga?»

Javob tariqasida «Getwork» rahbari kasb-hunar ta'limi markazlari va texnikumlarda xorijiy tillar — ingliz va nemis tillariga tayyorgarlik maktablari ochilayotgani ayni muddao bo‘lganini ta'kidladi. Bungacha kompaniya nomzodlarni faqat rus tiliga emas, balki o‘z hisobidan ingliz tiliga ham bepul o‘qitishga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi. Davlat tomonidan texnikumlarda yaratilgan yangi til o‘qitish imkoniyatlari bilan birgalikda Davron Abduqodirov bir yil davomida 10 000 nafar xalqaro toifadagi payvandchini Yevropaga ishga joylashtirishga va'da berdi.

Talabalar va OTM bitiruvchilari uchun Yevropaning 100 dan ortiq kompaniyasiga yo‘l

Muloqot davomida yoshlar va oliygoh bitiruvchilari bandligini ta'minlash bo‘yicha ham muhim tashabbus ko‘tarildi. Hozirgi vaqtda «Getwork» oliy va kasb-hunar ta'limi muassasalari bilan hamkorlikda har yili 1 000 nafar talabani yozgi ta'til davrida xalqaro tajriba orttirish va daromad topish maqsadida Bolgariya va Turkiya davlatlaridagi 3 oylik mavsumiy ishlarga jalb qilib kelmoqda.

Kompaniya rahbari endilikda oliy ta'lim va kasb-hunar ta'limi muassasalari bitiruvchilari bilan bevosita ishlab, ularni Yevropadagi 100 dan ortiq hamkor kompaniyalarga doimiy va yuqori maoshli ishlarga joylashtirish taklifini bildirdi.

Prezidentimiz ushbu tashabbusni yuqori baholab, mutasaddilarga aniq ko‘rsatmalar berdi:

— «Bu juda yaxshi taklif. Oliy ta'lim bitiruvchilariga har bir oliygohda e'lon qilib, bolalar bilan bitta auditoriyani bo‘shatib, tushuntirsak, juda katta talabgor bor bizda. Lekin yo‘lini bilmaydi, sharoitini bilmaydi. Ana shuni hammasini joy-joyiga qo‘yish kerak. Bular bilan bir oyda bir marta uchrashib tursang, o‘zlari hamma masalani yechimini topib beradi. 27 ni ham, 30 ni ham qila olamiz, faqat bular bilan qilishimiz mumkin. Ishingda muvaffaqiyat, Davron!»

Yuksak ishonch va kafolatlangan xavfsiz kelajak

«Getwork» Xususiy Bandlik Agentligi doimo sohada birinchilardan bo‘lishga va Muhtaram Prezidentimiz tomonidan bildirilgan ushbu yuksak ishonchni munosib oqlashga bor kuch-g‘ayratini qaratadi. Agentlik orqali xorijga yo‘l olgan har bir yurtdoshimizning qonuniy mehnat shartnomasi, huquqlari va to‘liq ijtimoiy himoyasi kafolatlanadi.  

Yevropaning rivojlangan davlatlarida o‘z kasbingiz va malakangiz orqali yuqori daromadli, xavfsiz hamda qonuniy ish boshlashni istasangiz, hoziroq «Getwork» mutaxassislariga murojaat qiling!

Izohlar (0)

Izoh qoldirish

Tavsiya etiladigan maqolalar