Xorazm viloyatida 4 300 dan ortiq fuqaroni xorijda ishga joylashtirish bo'yicha 1 yillik yirik dastur taqdim etildi
Xorazm viloyati hokimligida "Getwork" Xususiy Bandlik Agentligi bosh direktori Davron Abduqodirov ishtirokida fuqarolarni xorijiy davlatlarga qonuniy ishga joylashtirishga qaratilgan 1 yillik amaliy dastur loyihasi taqdim etildi. Yangi dastur mahalliy mutaxassislar, talabalar va bitiruvchilarni xorijiy ish beruvchilarning aniq vakansiyalariga mos ravishda o'qitish hamda ishga joylashtirishni ko'zda tutadi.
Dastur doirasida bir yil ichida jami 4 340 nafar Xorazm viloyati fuqarosini ishga yo'naltirish rejalashtirilgan. Barcha ishtirokchilar to'liq ishga joylashgach, fuqarolarning jami kutilayotgan yillik daromadi mavsumiy ish muddatiga qarab 77,8 million yevrodan 79 million yevrogacha yetishi prognoz qilinmoqda.
Dastur ikkita asosiy yo'nalishga bo'lingan:
I qism: Mutaxassis nomzodlarning bandligini ta’minlash Bir yil davomida 4 ta kasbiy yo'nalish bo'yicha jami 1 920 nafargacha mutaxassis (har bir yo'nalish bo'yicha 480 nafargacha) xalqaro standartlar asosida tayyorlanadi va sertifikatlanadi:
- Payvandchilik: Nomzodlar ISO 9606 xalqaro malaka sinoviga tayyorlanib, imtihon qilinadi. Kutilayotgan sof oylik maosh 1 500–2 500 yevro.
- Logistika: C+E toifali haydovchilar litvalik hamkorlar talablari asosida "Code 95" sertifikatiga tayyorlanadi. Sof maosh 1 500–3 500 yevro.
- Qurilish: Qolipchilar, armaturachilar va iskala montajchilari malakasi oshiriladi. Mazkur yo'nalish doirasida 24-noyabr kuni Niderlandiyaning "MMBS Groep" korxonasi Urganch shahridagi Xorazm Ilg‘or kasbiy mahorat texnikumida amaliy imtihon o'tkazishi belgilangan.
- Turizm: Mehmonxona va restoran xodimlari uchun Bolgariyaning VUM (Varna University of Management) sertifikati asosida ta'lim beriladi.
II qism: Talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlash
- Mavsumiy ishlar: Viloyatdagi 8 ta OTM (jumladan filiallari) hamda 48 ta texnikumdan jami 500 nafar talaba Bolgariya, Xorvatiya va Turkiyadagi kurortlarga 3 yoki 6 oylik yozgi ishlarga yuboriladi.
- Uzoq muddatli ishlar: 1 920 nafar bitiruvchi kurs talabalari Yevropadagi kamida 1 500 yevro maoshli vakansiyalarga yo'naltiriladi. Jarayon "Career.edu.uz" platformasi hamda ta'lim muassasalarining karyera markazlari bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Izohlar (4)
- odilbek13-noy, 2026, 14:21
Asalomu alakum yaxshimisiz borib ishlab bersam bulmaydimi xozir qayirdatopaman shunch pulni men odi ishchi bulsam
- Алишер14-noy, 2026, 02:18
Дакумент топшириб куйвадим ку качон чогирадилар латвияга
- Sirojbek15-noy, 2026, 07:40
Qanday ISO 9606 xalqaro malaka sinoviga tayyorlansam boʻladi bu dastur asosida menga tushuncha bering Xorazmdanman
- Marufjon17-noy, 2026, 17:01
Ассаламу Алейкум мани хам юбаринглар европага ишга жонга дейди б рассияси