Bolgariyaning nufuzli kurortlarida mavsumiy ish: "Getwork" bilan Yevropaga yo'l oling!
Yozgi mavsumni Yevropada o‘tkazib, ham sayohat qilish, ham munosib daromad topishni istaysizmi? Unda bu taklif aynan siz uchun! Bolgariyaning Varna, "Zolotie peski", "Solnechniy bereg" va boshqa mashhur yozgi kurort komplekslarida mavsumiy ishlar uchun qabul ochiq deb e'lon qilinadi.
Kimlar qatnashishi mumkin? Dasturga nafaqat talabalar, balki talaba bo'lmagan yoshlar — yigitlar, ayollar va hatto oilaviy juftliklar ham qabul qilinadi. Quvonarlisi, qat'iy yosh chegarasi belgilanmagan bo'lib, nomzodlar ularning CV (rezyume) siga qarab tanlab olinadi.
Ochiq vakansiyalar va oylik maoshlar:
Nomzodlar til bilish darajasi va kasbiga qarab quyidagi yo‘nalishlarda ishlashlari mumkin:
- Oshpaz, su-shef, bosh oshpaz, ofitsiant, receptionist, administrator, xostes: Rus va kerakli hollarda ingliz (yoki boshqa) tillarni bilishi talab etiladi. Oylik maosh — 600-1300 yevro.
- Oshxona ishchisi, oshpaz yordamchisi, barmen: Rus tilini bilish talab qilinadi. Oylik maosh — 600-700 yevro.
- Gigenist, xona xizmatchisi, tozalovchi, bog‘bon, idish yuvuvchi, kir yuvuvchi va umumiy ishchilar: Rus tili talab etiladi (ba'zi hollarda til talab qilinmasligi ham mumkin). Oylik maosh — 550-700 yevro.
Ish beruvchi tomonidan taqdim etiladigan qulayliklar: Hamkorlarimiz ishchilarga yuqori darajadagi sharoitlarni kafolatlaydi. Barcha qabul qilingan ishchilar uchun quyidagilar mutlaqo bepul taqdim etiladi:
- Qulay yotoq joy;
- Kuniga 2-3 mahal issiq ovqat;
- Tibbiy sug‘urta;
- Borish va kelish aviachiptalari to‘liq qoplab beriladi.
Talab etiladigan hujjatlar: Ro'yxatdan o'tish uchun xorijga chiqish pasporti (qizil pasport), CV/Rezyume, sudlanmaganlik haqida ma'lumotnoma talab qilinadi. Agar siz talaba bo'lsangiz, o'qish joyingizdan ma'lumotnoma taqdim etishingiz kerak. Shuningdek, yuqori maoshli ish o'rinlari uchun videorezyume tayyorlash so'raladi.
O'z imkoniyatingizni qo'ldan boy bermang, Yevropada qonuniy va xavfsiz mehnat qiling!
Izohlar (5)
- самар12-okt, 2026, 12:36
ishlash voqti qancha
- Мэлс12-okt, 2026, 12:41
Салом.
- Allayar12-okt, 2026, 12:59
Kimga bogalanamiz
- шохида12-okt, 2026, 13:08
керакли нарсани айтмабсилар качон кэетилади ва канча пул кетади яни ширкатга
- Shaxnoza12-okt, 2026, 13:56
Cv qanaqa qilib yuvorsa bo’ladi