Qoraqalpog‘istonda Migratsiya agentligi rahbariyati va Xususiy bandlik agentliklari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
19-sentabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi direktori o‘rinbosari Elyor Toshtemirov ishtirokida Xususiy bandlik agentliklari (XBA) vakillari bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida fuqarolarni xorijda qonuniy ish bilan ta’minlash, tashqi mehnat migratsiyasi yo‘nalishidagi mavjud imkoniyatlar hamda ushbu sohada uchrayotgan muammolar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar, ularni chet elda ishga joylashtirish jarayonida yuzaga kelayotgan dolzarb masalalar ko‘rib chiqilib, Xususiy bandlik agentliklari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflar ilgari surildi.
Tadbir yakunida sohadagi hamkorlikni kuchaytirish, fuqarolar uchun yaratilayotgan imkoniyatlarni kengaytirish hamda ularning xorijda qonuniy va xavfsiz mehnat faoliyatini amalga oshirishini to‘liq kafolatlashga qaratilgan amaliy vazifalar belgilab olindi.
"Getwork" xususiy bandlik agentligi ham ushbu maqsadlar yo‘lida davlat idoralari bilan faol hamkorlikni davom ettiradi va fuqarolarimizni xalqaro mehnat bozorida munosib ish bilan ta'minlashga o'z hissasini qo'shadi!